Prezident tashabbusi bilan yoshlarga oid siyosat barcha sohalarda ijobiy samara bermoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, bugun har bir sohada, har bir korxonada o‘z samarasini bermoqda. Shunday ezgu siyosatni qo‘llab-quvvatlab, O‘zavtosanoat tizimi yosh xodimlari uchun Xonabod sihatgohida “Yoshlar festivali”ni tashkil etdi.

>>>

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Shohrux Gulamov General Motors va UzAuto Motors kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Tomonlar xususiylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratgan holda avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

UzAuto Motors’ni xususiylashtirish doirasida transformatsiya jarayoni va strategik investorlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Jarayonning shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi huquqiy va institutsional bazaning asosiy jihatlari hamda xorijiy hamkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi. 

>>>

“IBRO-2025: Aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida “IBRO-2025: aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar o’tkazildi.

Tadbir avvalida, seminar ishtirokchilari uchun TTPU bo’ylab tur tashkil etilib, Universitetdagi zamonaviy laboratoriyalar, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

>>>

“UzAuto Motors AJ” va “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bo Andersson oʻz faoliyatini yakunlamoqda

                          Новости</p>
<p>

Xalqaro avtomobilsozlik sanoatining yetuk mutaxassisi hisoblangan Bo Andersson soʻnggi uch yil davomida egallab turgan “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda.

Ushbu munosabat bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda janob Anderssonning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojiga qoʻshgan hissalari va koʻrsatgan xizmatlari qayd etib oʻtildi.

>>>

23- oktabr kuni start olgan “Automechanika Tashkent”da “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan milliy avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyish etilmoqda!

“O‘zavtosanoat” stendida “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Avtooyna” MChJ, “Autofortis” MChJ, “Auto Rubber” MChJ, “Avtokomponent” MChJ, “Avtooyna” MChJ, “Uz chasys” MChJ QK hamda “Avto Climat Control” MChJ kabi 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning  50 turdagi mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin!

>>>