Biz haqimizda

20130402_075813Bizning saytga xush kelibsiz!

Biz har doim eng yaxshi kompaniya boʻlib qolishga va doimo oʻz yutuqlarimizni kengaytirishga intilamiz. Biz oʻz mijozlarimizni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlaymiz. Mijozlarga zarur boʻlgan a’lo darajadagi mahsulotlar va xizmatlarni shunchaki ta’minlash bilan bir qatorda biz ularga yanada koʻprogʻiga zamin yaratishga harakat qilamiz. Bizning kompaniya oʻzimizning sanoat sohamiz rivojlanishi va birlashmaga katta foyda keltirish uchun tadqiqotlar olib boradi va har xil dasturlarda ishtirok etadi. Innovatsiyalar hisobiga jadal rivojlanish strategiyasini tatbiq qilish orqali samaradorlikni oshirish, tashkiliy imkoniyatlarni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish. Biz doimo “UzEraeCable” MCHJ ishchi-xodimlari xavfsizligi uchun katta ta’sirga ega boʻlgan texnologiyalar va mahsulotlari ishlab chiqishga intilamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-martdagi №F-3147 sonli “Navoiy Erkin iqtisodiy industrial zona: koreys hamkorlari uchun yangi imkoniyatlar”  xalqaro konferensiyasi yakunida imzolangan investitsion kelishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi” farmoyishiga binoan “Uzavtosanoat” AK Navoiy EIIZ hududida avtomobil simlari, avtomobil generatorlari va avtomobil jihozlari ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona qurilishini yakunladi. “Uzavtosanoat” AK kelajakda Navoiy viloyati sanoat potensialini (imkoniyatini) oshirish, avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalarni oʻzlashtirish, aholi bandligini oshirish maqsadida Navoiy viloyati “Navoiy” erkin industrial iqtisodiy zonasida “Erae cs limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda  “avtomobil simlari ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirdi. Loyihaning maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil sanoatini rivojlantirish va mahalliylashtirishni yanada oshirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatlari kuchli, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan avtomobil simlar ishlab chiqarishni tashkil etish.