Тoshkentdagi Хalqaro investitsiya forumida $12,4 milliard dollarlik bitimlar imzolandi
Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsiyaviy forum davomida xorijiy investorlar bilan birgalikda umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik bitimlar imzolandi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari va moliya vaziri Rustam Azimov shu haqda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, forum natijalariga koʻra, chet ellik kompaniyalar va banklar bilan jami 104 ta bitim va memorandum imzolandi. Chet ellik sheriklarning majburiyatlari qariyb 4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Uning aytishicha, umumiy miqdori 1 milliard dollarlik oltita banklararo bitimga qoʻl qoʻyildi. Bundan tashqari, xususiylashtirish dasturi doirasida jami 437 million dollarlik 59 ta hujjat chet el investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan.
Forum ishida 560dan ortiq xorij biznesi rahbarlari ishtirok etdi. Ular 33ta davlatning 250dan ziyod kompaniyalari, iqtisodiy birlashmalari va moliya muassasalarining vakillari hisoblanishadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi, Butunjahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Energetika xartiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar menejerlari mehmonlar orasidan joy olishdi.
www.ut.uz












