Oʻzbekiston va Koreya hamkorlik boʻyicha anjuman oʻtkazishga tayyorlanmoqda

Безымянный12015 yilning 11 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Тashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Li Uk Хyon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

ТIV matbuot xizmati xabar qilishicha, uchrashuvda tomonlar boʻlajak siyosiy maslahatlashuvlar, boshqa xamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazish muddatlari, shuningdek, “Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo” hamkorligi boʻyicha Forumning toʻqqizinchi majlisiga tayyorgarlik masalalarini koʻrib chiqdilar.
Shu bilan birga Oʻzbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari kun tartibining dolzarb masalalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning joriy yilning may oyida Koreya Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida erishilgan bitimlarni amalga oshirishning borishi muhokama etildi.
Ma’lumot: «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorligi boʻyicha forum butun mintaqa boʻyicha iqtisodiy, taʻlim, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash, hukumatlar, korxonalar va olimlar oʻrtasida aloqalarni jipslashtirishga qaratilgan. 2007 yildan beri har yili oʻtkazib kelinadi.