Menu
Categories
Ravon brendi Rossiya avtomobil bozorida top-25 talikka kirdi
09.02.2017 Yangiliklar

aaa397985d5bcd032ca8000c2b71b873    Rossiya avtomobil bozori 2017 yil yanvar oyi yakunlariga ko’ra 5 foizga qisqardi. Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi tomonidan e`lon qilingan hisobotda shu haqda so’z yuritilgan. Unga ko’ra, o’tgan oyda Rossiyada yengil va yengil tijorat avtomobillarini sotish hajmi pasaygan.
  Shu bilan birga, hujjatda ta`kidlanishicha, Rossiyada sotilgan eng ko’p 10 modelning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridir. Shunday qilib, 2017 yil yanvar oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobil savdosi 5 foizga yoki 4 078 donaga pasaygan va jami 77 916 avtomobil sotilgan.
  Bunda O’zbekistonning Ravon brendi 2017 yil yanvar oyida Rossiyada 445 dona avtomobil sotish bilan top-25talikdan joy olgan. Ammo, uning birorta modeli, alohida modellar orasida top-25talikdan o’rin olmagan.

Comments are closed
*