Daily Archives: 27.05.2021
ISHLAB CHIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISHDA HAMKORLIKKA DA’VAT

Shu yilning 26-may kuni «O‘zavtosanoat» AJ qoshidagi «Cooperation lab» tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi hamda «UzAuto Motors» AJ o‘quv-ishlab chiqarish injiniring markazi tomonidan «Investorlar va tadbirkorlar uchun avtomobil import qismlarini mahalliylashtirish» bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni «O‘zavtosanoat” AJ Ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari Farxod To‘rayev kirish so‘zida qisqacha markaz faoliyati haqida ma’lumot berdi:












