Past kuchlanishli simlar bort tarmogʻida ulash uchun ishlatiladi va mis tok oʻtkazuvchi tolalar bilan polivinilxloridli plastikat izolyatsiyasidan iborat. Tolalar yuqori elektroʻtkazuvchanlikka, elastiklikka (egiluvchan, qayishqoq) va texnologiklikka ega boʻlgan mis simlardan tayyorlarnadi. Simlar mexanik shikastlanishdan himoyalanishi uchun ular zirhli izolyatsiyaga va avtomobilda radio shovqinlarni pasaytirish uchun ekranlangan toʻsiqga ega boʻlishi mumkin. Simning turiga qarab uning kesimi quyidagi oʻlchamlarga ega boʻlishi mumkin: 0,3; 0,5; 0,75; 0,85; 1,0; 1,25; 1,5; 2; 2,5; 3; 4,0; 5; 6; 8; 10; 16 mm². Quyida bizning korxona tomonidan ishlab chiqariladigan simlar turlari keltirilgan: