Menu
Categories
 
Korxona tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 25-martdagi №F-3147 sonli “Navoiy Erkin iqtisodiy industrial zona: koreys hamkorlari uchun yangi imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi yakunida imzolangan investitsion kelishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi” farmoyishini amalga oshirish va avtomobilsozlikni mahalliylashtirishni rivojlantirish rejasiga asosan “Uzavtosanoat” AK 2009 yil Navoiy viloyatida ishlab chiqarish quvvati yiliga 130 ming kilometr bo’lgan avtomobil simlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod tashkil etdi.
«OʻzEraeCable» MChJ Oʻzbekiston-Koreya qoʻshma korxonasi 2009 yil 31 dekabrda roʻyxatdan oʻtdi.
Qurilish ishlari 2010 yil yanvarda boshlandi.
2010 yil 28 avgustda «OʻzEraeCable» MChJ QKning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va shu kuni birinchi mahsulot ishlab chiqarildi.
Tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga asosan :

2012 yil “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun akkumulyator batareyasini ulash kabelini ishlab chiqarish boshlandi.

2012 yil Maishiy simlar quyidagi turlari ТНП: ПВС 2х1.00, ПВС 2х1.50, ПУГНП 2х1.50

2015 yil  Emmalangan sim  0,7 мм dam 2,0 мм gacha.
                 Avtomobil simlari:  FLRY-A.
                 ТНП: ПВС 3х0.75, ПВС 4х0.75, ПУГНП 2х2.50, ПУНП 2х1.50
                 Aveo avtomobillarining akkumulyator batareyasini ulash uchun jgut

2016 yil Portlashda ishlatiladigan: ВП 0.5, ВП 0.8, ВП 2х0.7
                ТНП: ПВС 2х0.75, ПВС 2х2.50,,ПВС 3х1.50,ПВС 3х2.50,ПВС 4х1.00,ПВС 4х1.50,
                ПУГНП 2х4.00

*