UZAUTO 103GR YER MAYDONIDA O’RMONZOR BARPO ETMOQDA

Mazkur loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublika miqyosida o’tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, shuningdek Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va turizmni rivojlantirish davlat dasturi asosida amalga oshirilmoqda.

>>>

UZAUTO DAVLAT RAHBARIGA QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARIGA SERVIS XIZMAT KO’RSATISH LOYIHASINI TAQDIM ETDI

Davlatimiz rahbarining Koson tumanidagi “Bunyodkor” paxta-to’qimachilik klasteriga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyevga “Agro Tech Klaser” qishloq xo’jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlarni ta’minlash va texnik xizmat ko’rsatish markazlari tarmog’i loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, loyiha taqdimotida qishloq xo’jaligi texnikalarini sotish va ularga xizmat ko’rsatishning raqamli tizimi hamda kommunal va servis xizmat ko’rsatish uchun bir qator maxsus texnikalar taqdim etildi. 

>>>

“UZAUTO MOTORS” AJ 2022 YILNING 1-CHORAGIDA ISHLAB CHIQARISH KO‘RSATKICHLARINI OSHIRDI.

Kompaniya 2022-yilning 1-choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi. Shu bilan birga, Asaka zavodida 1-chorakda 19 192 dona Cobalt va 19 439 dona Lacetti avtomobil modellari ishlab chiqarildi.

>>>

UZAUTO MASHINASOZLIKNI RIVOJLANTIRISH REJALARINI TAQDIMOT QILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotib olishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilgan edi. Bu o‘z natijalarini berib, fermer va dehqonlar unumdor texnikalarga ega bo‘lmoqda. Jumladan, shu yil birinchi chorakning o‘zida 1 ming 600 ta texnika uchun 23 milliard so‘m subsidiya ajratildi.

>>>

UZAUTO ITALIYANING TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jayev va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdaliyev bilan hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko ishtirokida bir qator samarali muhokamalar va uchrashuvlar o’tkazdi:

>>>