Islom Karimov: 2016 yil “Sogʻlom ona va sogʻlom bola yili” boʻladi

БезымянныйOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23-yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilni “Sogʻlom ona va sogʻlom bola yili” deb e’lon qildi.
Yil yakunlari boʻyicha kelgusi yilga muayyan sohadagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish va kelgusi yilga shunga muvofiq nom berish an’anasi 1997 yildan boshlangan.

Bugungi kunga qadar yillarga mos ravishda quyidagicha nom berilgan:

2015 yil –– Keksalarni e’zozlash yili
2014 yil — Sogʻlom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil – Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil – Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil – Sihat-salomatlik yili
2004 yil – Mehr va muruvvat yili
2003 yil – Obod mahalla yili
2002 yil – Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil – Ona va bola yili
2000 yil – Sogʻlom avlod yili
1999 yil – Ayollar yili
1998 yil – Oila yili
1997 yil – Inson manfaatlari yili

www.ut.uz