Fitch: Oʻzbekiston bank sektori – prognoz barqaror

Fitch

Fitch Ratings agentligi yangi hisobot e’lon qildi, unda Oʻzbekiston bank sektori boʻyicha prognoz barqarorligicha qolishi va  kuchli davlat investitsiyalari bilan qoʻllab-quvvatlanayotgani, avvalgidek, xizmatlari  mamlakatda yuqori darajada foydalanilayotgani qayd etiladi.  Biroq xom ashyo tovarlarining, avvalo, neft  va paxtaning  narhi ancha pastligi, MDHdagi savdo sheriklarining sustlashuvi va Rossiyadan pul oʻtkazishning pasayishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga  bosim  oʻtkazishi mumkin.

Хisobotga koʻra,  banklar aktivlarining  sifati  adekvat va  kreditlarning  qadrsizlanishi oʻrtacha olganda barcha kreditlarning 4,7 foizini  tashkil qildi, rezervlar bilan  qoplash 2014 yil ohiridagi 90 foiz darajasida qoldi.
Fitchning fikkricha, aktivlar sifati  koʻrsatkichlari 2015 yil ohirida hozirgi vaqtda cheklangan  salbiy tashqi tendensiyalarning  Oʻzbekistondagi operatsiya  muhitiga ta’sirini hisobga olganda 2014 yilgi darajada boʻladi.  Horijiy  valyutada  kreditlashtirish  barcha kreditlarning 49 foizini tashkil  qiladi,biroq  sektorning valyuta pozitsiyasi valyutada moliyalashtirishga nisbatan balanslashgan bir  vaqtda  pozitiv omil sifatida koʻpchilik  qarz oluvchilardagi valyuta  daromadlari qayd etiladi.(barcha  majburiyatlarning 49 foizi).

Hisobotga  koʻra,  kapitallashtirish  davlatning muntazam ravishda kapital  badali toʻlab turishi hisobiga barqaror. Fitchning bahosiga  koʻra, yigʻib qoʻyilgan kapital kreditlarning  qadrsizlanishi ostida  rezervlarni oʻrtacha 9 foizga  oshirish imkonini  beradi, bu esa  aksariyat holatlarda  oʻrtacha stressga  bardosh  berish uchun kifoya  qiladi.  Ayni vaqtda  buni yaqinda  sektorda kreditlashning jadal  sur’atlari  va kapitalning daromad hisobiga oʻrtacha generatsiyalashgani bilan uygʻunlikda koʻrish kerak. Banklarning  2015 yildagi kapitallashishi  davlat kapitali  badallari  va kreditlashtirishning oʻsishi pasayishi  hisobiga qoʻllab-quvvatlanadi.

Sektordagi moliyalashtirish tuzilmasida asosan  korporativ mijozlar  hisoblari(60%) muhim rol oʻynaydi, ular koʻproq qisqa muddatli boʻlsa-da, yetarlicha barqarordir.  Uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari asosan  Oʻzbekiston rekonstruksiya va  rivojlanish fondi  depozitlari hisoblanadi (sektor majburiyatlarining 17 foizi) va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan loyihaviy  moliyalashtirish dasturlari  doirasida jalb etilgan xorijiy mablagʻlardir(sektor majburiyatlarining 12%). Likvidlik xavfi  umuman,  likvid aktivlarining katta hissasi (2014 yil ohirida 20%dan ortiq) va kreditlarning depozitlarga qulay  munosabati(maqsadli davlat mablagʻlarini hisobga olganda) bilan  bartaraf boʻladi. Likvidlik zapasi 2015 yilda adekvat boʻlib qoldi va sektorning cheklangan ehtiyojlari  davlat yordami va mijozlar hisoblarining  barqarorligi bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

www.ut.uz