Reyting: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016 yilda o‘sish sur’ati bo‘yicha yettinchi o‘rinda
Focus Economics konsalting kompaniyasi joriy yilda mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti o‘sishi borasidagi o‘z reytingini taqdim etdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda yettinchi o‘rinni egallagan.
Тahlilchilar birinchi o‘ringa Тurkmaniston yalpi ichki mahsuloti o‘sish darajasini (8,8 %) qo‘yishdi. Keyingi o‘rinni Efiopiya egallagan (8,1 %). Uchinchi o‘rinda esa Myanma (7,9 %).
Kompaniya prognozlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulot o‘sishi 7,2 %ni tashkil etyapti. Хitoy (6,5 %) va Shri-Lanka (6,3 %) mamlakatlari ro‘yxatda oxirgi o‘rinni egallashgan. Hammasi bo‘lib 15 ta mamlakat prognozlari taqdim etilgan.
Bunday ro‘yxat, faqat o‘sish sur’ati yuqorilaganlar uchun tuzilmagan. Тeskari o‘sish jihatidan Venesuela birinchi pog‘onani egalladi. Iqtisodiyotchilarning taxmin qilishlaricha, bu mamlakatda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati 2016 yilda minus 4,8 %ni ko‘rsatayapti. Keyingi o‘rin Braziliyaga berilgan, uning ko‘rsatkichlari minus 2,6 %, uchinchi bo‘lish Ekvadorning zimmasiga tushgan. Uning ko‘rsatkichi ham minus 0,8 %.
O‘z navbatida, Jahon banki ekspertlari O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016 yilda 7,5 %ga o‘sishi mumkinligini ham taxmin qilishayaptiki. Chunki 2015 yilda mamlakatimiz ularning taxminlaridan yaxshiroq ko‘rsatkichga erishgandi. Bu raqamlar bankning «Global iqtisodiy istiqbollar» deb nomlangan oxirgi hisobotida ko‘rsatilgan.
Aslida hukumatning rasmiy raqamlariga e’tibor qaratgan ma’qul. Yanvar oyidagi hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida prezidentimiz Islom Karimov yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’ati bu yilda 7,8 % darajaga ko‘tarilishini aytib o‘tdi.
«Biz o‘z oldimizga bu yil yalpi ichki mahsulot o‘sishini 7,8 % darajaga ko‘tarishni ta’minlash vazifasini qo‘ydik», – dedi Islom Karimov.
Shu sababli, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 8,2 %ga, qishloq xo‘jaligida 6,1 %, chakana tovar aylanmasida 14 % va xizmat ko‘rsatishda 17,4 %ga oshirish kutilayapti.













