«Oʻzavtosanoat» eksport salohiyatini kengaytiradi

uz-auto«Oʻzavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi yangi bozorlarga chiqish va MDH mamlakatlaridagi savdo hajmini oshirish maqsadida bir qator tadbirlarni olib bormoqda, deyiladi kompaniya saytida.

Rossiyaning yirik shaharlaridagi Chevroletning yetakchi dilerlarini «GM Uzbekistan» AJ savdo tarmogʻiga jalb etish boʻyicha katta miqyosda ish olib borilmoqda.

Yil boshidan beri Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari, xususan, Iroq, Liviya, Livan, Iordaniya, Тunis va Nigeriya mamlakatlari bozoriga avtomobil yetkazib berish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda.

Jahonning sakkiz mamlakatiga, xususan, JAR, Misr, Gabon, Angola, Kot-d’Ivuar, Kabo-Verde, Madagaskar va Ganaga ishlab chiqarilgan avtomobillar sinov tariqasida yetkazib berildi. Shuningdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari, xususan, Iroq, Liviya, Livan, Iordaniya, Тunis va Nigeriya mamlakatlari bozoriga avtomobil yetkazib berish imkoniyatlari oʻrganib chiqilmoqda.

Oʻtgan yili Dubay (BAA)da dunyoning 20 ta mamlakatidan kelgan distribyutorlar ishtirokida avtomobillar taqdimoti oʻtkazilgandi, xususan, taqdimotda Misr, Jazoir, Ummon, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Livan, Iordaniya, BAA hamda Markaziy va Janubiy Afrika mamlakatlari vakillari qatnashgandi.

Ilgarigi «Neksiya» avtomobili oʻrniga chiqarilishi moʻljallanayotgan «Т250» avtomobillarining yangi modeli seriyalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari yakunlanadi. 2016 yilning II choragidan «Т–250» avtomobillari seriyalab ishlab chiqariladi va eksport qilinishi boshlanadi.

Matiz avtomobillarini avtomatik transmissiya, xavfsizlik yostiqchalari, ABS tormoz tizimi, kunduzgi chiroqlar, navigatsiya tizimi bilan ta’minlash boshlanadi. «M–300» (Spark) modelini dvigatel hajmi 1,25 litr boʻlgan avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlash loyihasini oʻzlashtiriladi.

Eksport uchun ishlab chiqarilayotgan barcha yengil avtomobillarga ERA–GLONASS tizimini oʻrnatish rejalashtirilgan.

www.ut.uz