Foto: Yangilangan Captiva sotuvga chiqarildi
Chevrolet Captiva krossoveri kuzovning yangicha old qismiga ega bo‘lib, MyLink multimedia tizimi bilan ta’minlandi.
O‘zbekistonda 2016 model yilining yangilangan Chevrolet Captiva krossoveri savdosi boshlandi, xabar qildi GM Uzbekistan kompaniyasi «Gazeta.uz»ga.
Restaylingdan so’ng model kuzovining old qismi sezilarli darajada o’zgardi. Uning uslubi Amerika brendi avtomobillarining zamonaviy dizayniga ayni mos tushadi.
Yo’ltanlamasda yangicha radiator panjarasi, yorug‘lik diodli kunduzgi chiroqlar bilan to’ldirilgan yangi asosiy chiroqlar va shakli o’zgartirilgan old bamper paydo bo’ldi.
Interer ham zamonaviylashgan — mashina audiotizimni boshqarish moduliga ega uch kegayli rul chambaragi va yanada qulayroq iqlim nazorati blokiga ega yangi markaziy konsol bilan ta’minlangan.
Ҳam iOS, ham Android boshqaruvi ostidagi smartfonlar bilan to’liq integratsiyani ta’minlovchi 7 dyuymli sensor ekranli ikkinchi avlod MyLink multimedia tizimi krossoverdagi yang asosiy yangiliklardan biri hisoblanadi.
Smartfonni tizimga ulash orqali MyLink bilan uyg‘unlikda ishlay oladigan ilovalar (masalan, xaritalar va navigatsiya dasturlari)dan foydalanish, qo’ng‘iroqlarni amalga oshirish, fotosuratlar va videoroliklarni tomosha qilish mumkin. Ovoz bilan boshqarish imkoni ham bor.
Captiva xavfsizlik tizimi orqa eshikka o’rnatilgan orqa tomonni ko’rsatuvchi kamera bilan to’ldirildi. Mashinada old va orqa chiroqlarni avtomatik yonishi va o’chirilishini boshqaruvchi tizim ham mavjud.
Mahalliy bozorda yagona LTZ komplektatsiyada taklif etiladigan avtomobilda odatiy charm saloni va yon tomonlar bo’ylab po’lat zinapoyalar bor. Rang gammasi to’rtta yangi rang bilan to’ldirilgan.
Mashinaning 258 ot kuchiga ega hajmi 3 litr, 6 silindrli dvigateli olti bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi bilan juftlikda harakatlanadi.
www.gazeta.uz













