Ishlab chiqarish

12345678910Korxonada AV, AVS, AVSS, AVSF, FLY, FLK, FLKK, FLRY-A va FLRY-B markali kesim yuzasi 0,3 mm² dan 16 mm² gacha boʻlgan 39 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Avtomobil simlari ishlab chiqarish texnologiyasi atrof-muhit standartlari, avtomatlashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash yuqori darajada mos keladi.
Avtomobil simlari ishlab chiqarish uchun ikki turdagi xom ashyo ishlatiladi – mis katanka va PVX. Mis katankasi ichki bozordan sotib olinadi, PVX import qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 93%ni, import ulushi 7%ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish bosqichlari dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari Italiya, Janubiy Koreyaning yuqori unumli raqamli pult boshqaruv uskunalari bilan ta’minlangan, sifat (ISO 9001: 2008, ISO/TS 16949: 2009) va atrof-muhit talablariga javob beradi. Texnologik uskunalarni yetkazib beruvchilar “GM-Uzbekistan” kompaniyasi hamkorlari boʻlib, yetkazib berilgan uskunalarni parametrlari va sifati aniq muvofiqlikni, oʻrnatish va ishga tushirishni ta’minlaydilar. Yetkazib berilgan uskunalar barcha zarur kelib chiqish sertifikatlariga va iste’molchi oldidagi kafolatlangan majburiyatlarga ega.