СHEVROLET ONIX ENDI TOP KOMPLEKTATSIYALARDА

UzAuto Motors yangi yil arafasida Chevrolet Onix Premier uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qiladi. 2023-yilning 9-yanvaridan boshlab Chevrolet Onix’ning yangi komplektatsiyasini sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Zamonaviy, dadil va yorqin eksteryer bularning barchasi Chevrolet Onix haqida. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan avtomobil. Chevrolet Onix o’zida avtoixlosmandlarning barcha talablarini mujassam etadi. Va, endi u Primier komplektatsiyada taqdim etiladi. 

Chevrolet Onix ishlab chiqarish bo’yicha loyihani amalga oshirish doirasida Аsaka zavodida lazerli va plazmali payvandlash kabi yangi texnologiyalar o‘zlashtirildi, bu kuzovga qo‘shimcha qattiqlik bag‘ishlaydi, payvandlash kuchini oshiradi, egiluvlarsiz yuqori payvandlash aniqligini kafolatlaydi, tanadagi bo’shliqlarni bartaraf etishni ta’minlaydi. Ideal nisbatlarni yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarish korpusni lazer bilan o’lchash orqali ta’minlanadi, bu ham zavodning ishlab chiqarish jarayonlarini keng ko’lamli modernizatsiya qilish doirasida joriy etilgan.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida yangi kuchli va tejamkor 3-silindrli 1,2 l hajmga ega CSS Prime turbo dvigatellarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Onix aynan ushbu dvigatellar bilan jihozlanadi. Yangi 132 l.s. quvvatli dvigatel zamonaviy texnologiyalar asosida alyuminiydan tayyorlanadi, bu esa uning yengilroq va samaradorroq bo‘lishiga xizmat qiladi. Yig’ishning har bir bosqichida dvigatel qismlarining yuzasi lazer bilan ishlov beriladi. Bu dvigatelga begona eng kichik mikrozarrachalar kirib kelishining oldini oladi. 132 ot kuchiga ega bo’lgan ushbu dvigatellar darhol o’z kuchini his qilish va avtomobilga dinamikani berish imkonini beradi.

Yangi liniya Fransiya, Germaniya, Xitoy va Koreya davlatlarining yetakchi ishlab chiqaruvchilariga tegishli uskunalardan tashkil topgan bo‘lib, 55%i robotlashtirilgan. Issiq hajmli shtamplash texnologiyasi ham keng qo’llaniladi, bu dvigatelga bir qator afzalliklarni beradi, qismlarning mustahkamligi va aniqligini ta’minlaydi.

Shuningdek, mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida plastik yoqilg‘i baklari, rullar, rezina zichlashtirgichlar, cho’yan, issiq shtamplash detallari va boshqa butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlarni ishga tushirish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish dasturi amalga oshirilmoqda.

Ushbu dasturni amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish GM GEM platformasi negizida bir vaqtning o‘zida bir nechta modelni ishlab chiqarish va 60%dan yuqori mahalliylashtirish darajasiga erishish imkoniyatini beradi.