UzAuto BYD Auto bilan birgalikda O’zbekistonda gibrid avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha “BYD Uzbekistan Factory” zavodini quradi

2023 yil 19 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “BYD Uzbekistan Factory”muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga start berdi. 

“BYD Uzbekistan Factory” – xitoylik elektromobillar bo’yicha jahon yetakchisining Xitoy tashqarisidagi birinchi qo’shma korxonasi bo’lib, ushbu hodisa o’zbek avtomobilsozligining ishlab chiqarish yutuqlari va O’zbekistonning iqtisodiy jozibadorligi tufayli amalga oshirildi.

UzAuto-ni hamkor sifatida ko’rib chiqish imkoniyati bo’yicha gigant avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan 2022-yil fevral oyida kelishuvga erishilgan edi.

“BYD Uzbekistan Factory” qo’shma zavodi negizida BYD avtomobillari ishlab chiqarilishi joriy yilning kuziga rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarish maydoni 10,6 gektar bo’lgan “BYD Uzbekistan Factory” zavodi Jizzax viloyatidagi “Jizzax Auto” zavodi negizida tashkil etilib, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiq faoliyat ko’rsatib, NEV avtomobillarini ishlab chiqarish bo’yicha ilg’or texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi.

Bugungi kunda qo’shma korxonaning ishlab chiqarish binosi loyihani amalga oshirishni boshlashga to’liq tayyor.

Hamkor “BYD Auto” kompaniyasi bilan birgalikda zavodning asosiy ishlab chiqarish liniyalarining joylashuvi va texnologik hujjatlari, shuningdek, ommaviy ishlab chiqarishni boshlash bo’yicha batafsil reja ishlab chiqilgan.

Jizzakh Auto” zavodi negizida “BYD Uzbekistan Factory” ishlab chiqarish quvvatlari BYD “Chazor” va “Song Plus” modellarining birinchi bosqichda yillik 50 mingdan ortiq NEV avtomobillarini ishlab chiqarish, shuningdek, to’liq sikl bo’yicha avtomobillar ishlab chiqarish bazasini yaratish uchun jihozlanadi (CKD: shtamplash, payvandlash, bo’yash, yig’ish). Bu, o’z navbatida, korxonada 2 mingdan ortiq yangi ish o’rinlarini yaratadi.