AKT haftaligi 14-18 sentabrda boʻlib oʻtadi.

ICTWEEK doirasida ICTEXPO, ICTFORUM,ICTSUMMIT, Gadget Fair va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Bu yilgi ICTWEEK Uzbekistan 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar haftaligi 14-18 sentabr kunlari boʻlib oʻtadi. Haftalik matbuot xizmatining xabar qilishicha, u ilk marta oʻtadigan bir qancha maxsus tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
ICTEXPO 2015 koʻrgazmasi misli koʻrilmagan miqyosda boʻlib oʻtishi aytilmoqda – unda 150 ta kompaniya 2000 kv. metrlik maydonda tovar va xizmatlarini namoyish qiladi. Koʻrgazma Тoshkent (15-17 sentabr) va Samarqand (15-15 sentabr) shaharlarida tashkil etiladi. Unga 30 ming kishi kelishi kutilmoqda.
Ilk marta oʻtkazilayotgan ICTFORUM 2015 forumi (16-17 sentabr) AKТning rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish uchun ekspertlarning oʻziga xos bahs maydoni boʻlishi bashorat qilinmoqda. U turli bloklarga boʻlingan konferensiyalar (eGovernment Uzbekistan, BestSoft Uzbekistan, Startup Conference, «AKТ va turizm»), seksiya majlislari («Тelekommunikatsiya i infratuzilma», «Internet va axborot resurslari», «Axborot xavfsizligi»), mahorat saboqlari va guruh muhokamalari shaklida oʻtadi.
18 sentabrda boʻlib oʻtadigan ICTSUMMIT 2015 an’anaviy AKТ sammiti sohaning yil davomidagi rivojlanishiga yakun yasaydi hamda kelajakdagi strategik vazifalarni belgilaydi. Sammitda davlat idoralari, IT-korxonalar va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar va jahon kompaniyalari vakillari ishtirok etadi.
15-17 sentabrda ICTEXPO 2015 doirasida Gadget Fair gadjetlar yarmarkasi oʻtkaziladi. Unga keluvchilar eng yangi qurilmalarni xarid qilishi mumkin. AKТ haftaligi davomida boshqa bir qancha qiziqarli tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilmoqda. ICTWEEK Uzbekistan 2015 haftaligida qatnashish uchun www.ictweek.uz saytida roʻyxatdan oʻtish zarur.
AKТ haftaligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagi bilan oʻtkazilmoqda. Тadbir tashkilotchilari — Oʻzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi va ICTNEWS nashri.












