Тoshkentda Хalqaro sanoat yarmarkasi ochildi

20jTmP14459217149438_bIX Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2000 dan oshiq korxona ishtirok etmoqda.
«Oʻzekspomarkaz» koʻrgazma maydonlarida IX Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 2 mingdan ziyod firma va kompaniya, yirik sanoat korxonalari 21 ming turdan ortiq mahalliylashtirilgan yoki oʻzlashtirish uchun taklif etilayotgan mahsulotlarni namoyish qilmoqda, deb xabar qiladi OʻzA.
Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi ma’lumotlariga koʻra, sanoat forumining 4,8 mingdan ortiq mahalliy korxonalar ishtirok etgan dastlabki bosqichi bilan 89 mingdan ziyod kishi, jumladan, xorijiy kompaniyalar vakillari tanishdi. Stendlarda namoyish etilgan 22 ming turdan ortiq mahsulotning 710 tasi yangi mahsulotlardir.
«Тurkiston-press» MAAning ma’lum qilishicha, yarmarkani 1250 ta chet el kompaniyasi vakillari kelib koʻrmoqchi.
Oʻtgan yili Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 8,3 trln soʻmdan ortiq shartnomalar va 7,2 mlrd dollarlik eksport shartnomalari imzolangan edi.
Yarmarka va birja 2 noyabrgacha davom etadi. Oʻsha kungacha mamlakat iqtisodiyoti sohalari va korxonalarining 70 dan ortiq taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

www.gazeta.uz