O’zbekistonda Davlat dasturlari portali ishga tushirildi

“UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi tomonidan Davlat dasturlari portali ishga tushirildi. Undan programms.gov.uz manzili orqali foydalanish mumkin.
Davlat dasturlari portalida joriy va o’tgan yillardagi davlat dasturlarini ko’rish, davlat dasturlarining bajarilishi va natijalari bilan tanishish mumkin.


Mazkur portal O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarga  muvofiq,  shuningdek,  O’zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunining asosiy maqsadlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

www.ut.uz