Fitch: Oʻzbekiston bank sektori – prognoz barqaror
Fitch Ratings agentligi yangi hisobot e’lon qildi, unda Oʻzbekiston bank sektori boʻyicha prognoz barqarorligicha qolishi va kuchli davlat investitsiyalari bilan qoʻllab-quvvatlanayotgani, avvalgidek, xizmatlari mamlakatda yuqori darajada foydalanilayotgani qayd etiladi. Biroq xom ashyo tovarlarining, avvalo, neft va paxtaning narhi ancha pastligi, MDHdagi savdo sheriklarining sustlashuvi va Rossiyadan pul oʻtkazishning pasayishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bosim oʻtkazishi mumkin.
Хisobotga koʻra, banklar aktivlarining sifati adekvat va kreditlarning qadrsizlanishi oʻrtacha olganda barcha kreditlarning 4,7 foizini tashkil qildi, rezervlar bilan qoplash 2014 yil ohiridagi 90 foiz darajasida qoldi.
Fitchning fikkricha, aktivlar sifati koʻrsatkichlari 2015 yil ohirida hozirgi vaqtda cheklangan salbiy tashqi tendensiyalarning Oʻzbekistondagi operatsiya muhitiga ta’sirini hisobga olganda 2014 yilgi darajada boʻladi. Horijiy valyutada kreditlashtirish barcha kreditlarning 49 foizini tashkil qiladi,biroq sektorning valyuta pozitsiyasi valyutada moliyalashtirishga nisbatan balanslashgan bir vaqtda pozitiv omil sifatida koʻpchilik qarz oluvchilardagi valyuta daromadlari qayd etiladi.(barcha majburiyatlarning 49 foizi).
Hisobotga koʻra, kapitallashtirish davlatning muntazam ravishda kapital badali toʻlab turishi hisobiga barqaror. Fitchning bahosiga koʻra, yigʻib qoʻyilgan kapital kreditlarning qadrsizlanishi ostida rezervlarni oʻrtacha 9 foizga oshirish imkonini beradi, bu esa aksariyat holatlarda oʻrtacha stressga bardosh berish uchun kifoya qiladi. Ayni vaqtda buni yaqinda sektorda kreditlashning jadal sur’atlari va kapitalning daromad hisobiga oʻrtacha generatsiyalashgani bilan uygʻunlikda koʻrish kerak. Banklarning 2015 yildagi kapitallashishi davlat kapitali badallari va kreditlashtirishning oʻsishi pasayishi hisobiga qoʻllab-quvvatlanadi.
Sektordagi moliyalashtirish tuzilmasida asosan korporativ mijozlar hisoblari(60%) muhim rol oʻynaydi, ular koʻproq qisqa muddatli boʻlsa-da, yetarlicha barqarordir. Uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari asosan Oʻzbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondi depozitlari hisoblanadi (sektor majburiyatlarining 17 foizi) va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan loyihaviy moliyalashtirish dasturlari doirasida jalb etilgan xorijiy mablagʻlardir(sektor majburiyatlarining 12%). Likvidlik xavfi umuman, likvid aktivlarining katta hissasi (2014 yil ohirida 20%dan ortiq) va kreditlarning depozitlarga qulay munosabati(maqsadli davlat mablagʻlarini hisobga olganda) bilan bartaraf boʻladi. Likvidlik zapasi 2015 yilda adekvat boʻlib qoldi va sektorning cheklangan ehtiyojlari davlat yordami va mijozlar hisoblarining barqarorligi bilan qoʻllab-quvvatlanadi.
www.ut.uz













