«GM Uzbekistan» saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo’limi ochildi

78c220972b2e085c79620c0ea3367677      «GM Uzbekistan» AJ veb-saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo’limi ochildi, unda narxlar, dilerlik korxonalari kesimida shartnomalar tuzish uchun ochiq bo’lgan avtomobillar ro’yxati va boshqa ma`lumotlar bor.

” Bo’limdagi ma`lumot doimiy asosda yangilanib boradi: narxlar bo’yicha – har hafta, sotib olish mumkin bo’lgan avtomobillar bo’yicha – har kuni”, – deyiladi GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida.

Ta`kidlab o’tish joizki, avtomobil xarid qilish istagida bo’lgan mijozlar jadval asosida ma`lumot berilgan avtomobillar bo’yicha dilerlik korxonalariga shartnoma imzolash uchun to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishlari mumkin.