Osiyo Тaraqqiyot banki: 2015 yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi 7 foizga oʻsadi
Osiyo Тaraqqiyot banki Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot oʻsishi bashoratlarini oʻzgartirmagan holda, ushbu koʻrsatkichni 2015 yilda 7 foiz, 2016 yilda 7,2 foiz hajmida qoldirdi.
Osiyo Тaraqqiyot bankining “2015 yilda Osiyo bozorining rivojlanish istiqbollari” nomli ma’ruzasida shu haqda soʻz yuritildi. Joriy yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot 8 foizga oʻsishi, inflyatsiya darajasi esa 5,5 – 6,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Osiyo Тaraqqiyot banki prognoziga koʻra, 2015 yilda joriy operatsiyalar hisobi boʻyicha ijobiy saldo 2015 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,9 foiz, 2016 yilda esa 1,1 foiz miqdorida saqlanib qoladi.
www.ut.uz












