Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi: Avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyishi

12-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishlab chiqaruvchilar uchun so’nggi texnik yutuqlarini namoyish etishda samarali maydonga aylandi. Unda mehmonlar yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda, avtomobilsozlik sanoatining so’nggi texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

“O’zavtosanoat” AJ va tarkibiy korxonalar tomonidan ushbu tadbirga alohida tayyorgarlik ko’rildi. Xususan, jamiyat stendidan o’rin olgan “UzAuto Motors”, “Agrotech Klaster”, “BYD Uzbekistan factory”, “Isuzu”, “Man”, “Avtooyna”, “UzAuto Motors Powertrain” kabi 10ga yaqin tarkibiy korxonalar o’zlarining so’nggi hamda zamonaviy eng sara mahsulotlarini namoyish qilmoqdalar.

Mazkur kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar ko’rgazma ishtirokchilarda qiziqish uyg’otdi hamda ular e’tirofiga sazovor bo’ldi.

Tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari ko’rgazmada namoyish etilgan mahsulotlarni ko’zdan kechirish bilan birga, o’zaro hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Unda turli yo’nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Demak, manfaatli kelishuvlarga erishish yo’lida qadam tashlandi.