Yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuv: UzAuto alyuminiy qismlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda

1 mart kuni Berlinda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi “O’zavtosanoat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida Germaniya-O’zbekiston ilk biznes forumi tashkil etildi. Forum doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov hamda KS HUAYU AluTech Group (Germaniya/XXR) vakillari o’rtasida O‘zbekistonda alyuminiy dvigatel qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida Germaniya-Xitoy kompaniyasining boshqaruvchi direktorlari Ralf Linz va Mixayel Shafler istiqbolli munosabatlarning yanada kengayishi va rivojlanishi “UzAuto Motors” zavodida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmining doimiy o’sib borishiga zamin yaratishini ta’kidladilar.
Dvigatel silindr bloklari va quyma qismlarni ishlab chiqarish bo’yicha katt atajribaga ega KS HUAYU GEM kompaniyasi, GEM Tracker va Onix modellari uchun CSS Prime yangi avlod dvigatellarini mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda UzAuto’ning ishonchli hamkoriga aylanadi.
O‘tgan yilning dekabr oyida UzAuto Motors Powertrain korxonasi negizida CSS Prime dvigatellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi yuqori texnologiyali agregatning ishlab chiqarilishi, milliy avtomobilsozlik sanoati rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’yganini anglatadi.
Ushbu dvigatellar uchun kelgusida yuqori aniqlikda qayta ishlanishi mumkin bo’lgan alyuminiy silindr bloklarini quyishni tashkil etish, O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini yaratadi. Xususan, import o‘rnini bosish ko’rsatkichi 24,7 million dollarga, ishlab chiqarish tannarxi 4,7 million dollarga pasayishiga xizmat qiladi.












