Daily Archives: 30.10.2015
2016 yildan Samarqand viloyatida MAN avtobuslari ishlab chiqarila boshlanadi
2016 yilning fevral oyidan boshlab “JV MAN Auto-Uzbekistan” qoʻshma korxonasi past polli “MAN A22” shahar avtobuslarini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshlaydi. Uni ishlab chiqarish tayyor shassiga kuzovni yigʻish tamoyili asosida amalga oshiriladi. Kompaniya vakili Oybek Ayupov “Uzbekistan Today” axborot agentligiga shu haqda maʻlum qildi.












