Daily Archives: 17.07.2021
“UZAUTO MOTORS” ZAVODI YAGONA PLATFORMADAGI YANGI AVTOMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISHGA O’TADI

Avval xabar berganimizdek, “UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o’zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan.
Investitsiyalar hajmini optimallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beruvchi ushbu platforma asosida, bir nechta modellarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.












