Daily Archives: 28.04.2022

UZAUTO DAVLAT RAHBARIGA QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARIGA SERVIS XIZMAT KO’RSATISH LOYIHASINI TAQDIM ETDI

Davlatimiz rahbarining Koson tumanidagi “Bunyodkor” paxta-to’qimachilik klasteriga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyevga “Agro Tech Klaser” qishloq xo’jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlarni ta’minlash va texnik xizmat ko’rsatish markazlari tarmog’i loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, loyiha taqdimotida qishloq xo’jaligi texnikalarini sotish va ularga xizmat ko’rsatishning raqamli tizimi hamda kommunal va servis xizmat ko’rsatish uchun bir qator maxsus texnikalar taqdim etildi. 

>>>