Daily Archives: 27.10.2022
GENERAL MOTORS INTERNATIONAL PREZIDENTI SHILPAN AMIN ASAKADAGI UZAUTO MOTORS ZAVODIGA TASHRIF BUYURDI

General Motors International kompaniyasi prezidenti Shilpan Amin boshchiligidagi delegatsiya Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi. UzAuto kompaniyasining General Motors bilan ko‘p yillik hamkorligi rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi – General Motors rahbariyati bilan UzAuto Motors kelajagi uchun muhim bo‘lgan strategik kelishuvlar muhokama qilindi, natijada hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi.












