Daily Archives: 04.01.2023

СHEVROLET ONIX ENDI TOP KOMPLEKTATSIYALARDА

UzAuto Motors yangi yil arafasida Chevrolet Onix Premier uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qiladi. 2023-yilning 9-yanvaridan boshlab Chevrolet Onix’ning yangi komplektatsiyasini sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Zamonaviy, dadil va yorqin eksteryer bularning barchasi Chevrolet Onix haqida. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan avtomobil. Chevrolet Onix o’zida avtoixlosmandlarning barcha talablarini mujassam etadi. Va, endi u Primier komplektatsiyada taqdim etiladi. 

>>>

BYD va UzAuto yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Qo‘shma Korxona tashkil qilishgani e’lon qiladi

Bugun BYD (Build Your Dreams) va «O‘zavtosanoat» AJ (UzAvto) yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Qo‘shma Korxona tashkil qilish kelishuvini imzolaganini e’lon qildi.  Eng ommabop yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar, jumladan, DM-i turidagi super gibrid modellar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mazkur qo‘shma korxona O‘zbekistonda joylashishi rejalashtirishlgan.

1995 yilga tashkil topgan BYD kompaniyasi xozirda dunyoning yetakchi yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchisidir. 27 yildan ziyod akkumulyator batareyalarini loyixalashtirish va ishlab chiqarish tajribasiga ega mazkur kompaniya jaxonda o‘zining yetakchi inoovasiyalari, jumladan, elektromobillar ta’minot zanjirini to‘liq egaligi bilan mashxurdir.

>>>