Daily Archives: 17.07.2024

“BYD Uzbekistan Factory” mahsulot turlarini kengaytirmoqda va yangi avtomobil modellari uchun sertifikat sinovlarini o‘tkazmoqda

Aholi barcha qatlamlarining talablarini bajarish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish strategiyasi doirasida “BYD Uzbekistan Factory” zavodi Xitoy hamkorlari bilan BYD avtomobilining yangi modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan modellar orasida BYD Seagull va E2 bo‘lib, hamkorlar tomonidan ularning birinchi namunalari sinov laboratoriyalarida tekshirilmoqda.

>>>