Daily Archives: 26.05.2025

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Shohrux Gulamov General Motors va UzAuto Motors kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi

Tomonlar xususiylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratgan holda avtomobilsozlik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

UzAuto Motors’ni xususiylashtirish doirasida transformatsiya jarayoni va strategik investorlarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Jarayonning shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi huquqiy va institutsional bazaning asosiy jihatlari hamda xorijiy hamkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi. 

>>>