UzAuto Qirg’izistonda tijorat texnikalari va avtomobil ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi

Bu haqda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes forumida e’lon qilindi. Loyiha Qirg‘iziston Respublikasida avtomobil va tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi bitim doirasida amalga oshiriladi.
“Jizzax Auto” Sog‘liqni saqlash vazirligiga Volkswagen Caddy avtomobillarining navbatdagi partiyasini topshirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi avtoparki so‘nggi avlod Volkswagen Caddy negizida zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari bilan to‘ldirildi.
“Jizzax Auto” zavodida “Volkswagen” konsernining barcha talab va standartlari asosida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan har jihatdan qulay avtomobillar yig‘ildi. Keng salon, zamonaviy jihozlar va avtomobilning yevropacha sifati mavjud eskirgan minivenlar parkini almashtirib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada oshiradi.
СHEVROLET ONIX ENDI TOP KOMPLEKTATSIYALARDА

UzAuto Motors yangi yil arafasida Chevrolet Onix Premier uchun shartnomalar tuzish boshlanganini ma’lum qiladi. 2023-yilning 9-yanvaridan boshlab Chevrolet Onix’ning yangi komplektatsiyasini sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtirish mumkin.
Zamonaviy, dadil va yorqin eksteryer bularning barchasi Chevrolet Onix haqida. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur boʻlgan avtomobil. Chevrolet Onix o’zida avtoixlosmandlarning barcha talablarini mujassam etadi. Va, endi u Primier komplektatsiyada taqdim etiladi.
BYD va UzAuto yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Qo‘shma Korxona tashkil qilishgani e’lon qiladi
Bugun BYD (Build Your Dreams) va «O‘zavtosanoat» AJ (UzAvto) yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha Qo‘shma Korxona tashkil qilish kelishuvini imzolaganini e’lon qildi. Eng ommabop yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar, jumladan, DM-i turidagi super gibrid modellar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mazkur qo‘shma korxona O‘zbekistonda joylashishi rejalashtirishlgan.
1995 yilga tashkil topgan BYD kompaniyasi xozirda dunyoning yetakchi yangi energiya manbaalarida xarakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchisidir. 27 yildan ziyod akkumulyator batareyalarini loyixalashtirish va ishlab chiqarish tajribasiga ega mazkur kompaniya jaxonda o‘zining yetakchi inoovasiyalari, jumladan, elektromobillar ta’minot zanjirini to‘liq egaligi bilan mashxurdir.
UzAuto va CIM 4.0 O’zbekistonda UzAuto kompetentsiya Markazini tashkil etadi

CIM 4.0 kelishuviga ko‘ra, Italiyaning Turin politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti O‘zbekistonda Sanoat 4.0 texnologiyalaridan foydalangan holda ishchi-xizmatchilarning malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan akademiya tizimi bo‘ladigan “UzAvto Kompetensiya Markazi”ni ishlab chiqish va faoliyat yuritishida ishtirok etadi.












