Menu
Categories
Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yillik bayramini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi
20.07.2015 Yangiliklar

Joriy yil 17 iyul kuni Prezident Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma toʻrt yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasi bir hafta muddatda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqadi.

Shuningdek, unda mazkur bayramni yuksak darajada oʻtkazish maqsadida qator chora-tadbirlar ham belgilandi.

Comments are closed
*