Menu
Categories
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
04.12.2015 Yangiliklar

2015 YIL 5 DEKABR SHANBA DAM OLISH KUNINI 2015 YIL 7 DEKABR DUSHANBA KUNIGA KOʻCHIRISH TOʻGʻRISIDA(«Хalq soʻzi» gazetasi, 24.11.2015 y., 226 (6409)-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2015 yil 5 dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7 dekabr dushanba kuniga koʻchirilsin;
2015 yil 5 dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Тoshkent sh.,
2015 yil 20 noyabr,
PQ-2436-son

www.lex.uz

Comments are closed
*