Menu
Categories
UZAUTO MOTORS CHEVROLET TRACKER VA ONIX MODELLARINING KOMPLEKTATSIYALARI QATORINI TOʻLDIRADI
15.05.2023 Yangiliklar

<br />
                          Yangiliklar</p>
<p>

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning navbatdagi ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda. Kompaniya yaqin fursatlarda ushbu avtomobillarning yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

2022-yilning avgustida xabar qilinganidek, 2023 yilning II choragidan yangi modifikatsiyalarni ishlab chiqish boshlanadi. Tez orada Chevrolet vakolatli dilerlik markazlarida, shuningdek UzAutoSavdo ilovasida (iOS/Android) Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining oldingi komplektatsiyalariga qo‘shimcha ravishda, Premier Plus hamda Redline komplektatsiyalari sotuvga chiqariladi.

Chevrolet avtomobil modellari Redline komplektatsiyasi bilan taniqli boʻlishga ulgurgan, endilikda Asaka zavodida ishlab chiqarilgan Tracker va Onix modellari yangi opsiyalar bilan jihozlanib, avtomobil ishqibozlariga qo’shimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadi.

Comments are closed
*