Daily Archives: 06.03.2023

Yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuv: UzAuto alyuminiy qismlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda

1 mart kuni Berlinda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi “O’zavtosanoat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida Germaniya-O’zbekiston ilk biznes forumi tashkil etildi. Forum doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov hamda KS HUAYU AluTech Group (Germaniya/XXR) vakillari o’rtasida O‘zbekistonda alyuminiy dvigatel qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

>>>