Author Archives: root

«GM Uzbekistan» saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo’limi ochildi

78c220972b2e085c79620c0ea3367677      «GM Uzbekistan» AJ veb-saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» yangi bo’limi ochildi, unda narxlar, dilerlik korxonalari kesimida shartnomalar tuzish uchun ochiq bo’lgan avtomobillar ro’yxati va boshqa ma`lumotlar bor.

” Bo’limdagi ma`lumot doimiy asosda yangilanib boradi: narxlar bo’yicha – har hafta, sotib olish mumkin bo’lgan avtomobillar bo’yicha – har kuni”, – deyiladi GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida.

Ta`kidlab o’tish joizki, avtomobil xarid qilish istagida bo’lgan mijozlar jadval asosida ma`lumot berilgan avtomobillar bo’yicha dilerlik korxonalariga shartnoma imzolash uchun to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishlari mumkin.

>>>

“UzEraeCable” Qo’shma Korxonasi Ma’suliyati Cheklangan Jamiyatida ” Yong’inga qarshi kurashish” o’quv mashg’uloti o’tkazildi

DSCN9914DSCN9979

 

 

 

 

 

2017 yilning 6-may kuni Navoi viloyat IIV Yong’in xavfsizligi boshqarmasi va “UzEraeCable” qo’shma korxonasi hamkorligida ko’rgazmali yong’in o’chirish amaliy taktik o’quv mashg’ulot o’tkazildi. Mashg’ulotda “O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lgan yong’inlarni o’chirishni takomillashtirish, yong’in va favqulotda holatlarni bartaraf etishga jalb etilgan kuch va vositalarning samarali boshqaruvini tashkil etish”  maqsadida IIV Yong’in xavfsizligi boshqarmalarining yong’in o’chirish shtabi boshliqlari ishtirokida Navoi viloyati IIV yong’in xavfsizligi boshqarmasida mavjud bo’lgan zamonaviy yong’in o’chirish avtomobillari namoyish etildi.

>>>

GM Uzbekistan yangi avlod Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqaradi

3012e23f17b6d661f863a5af0140e0b1       GM Uzbekistan aksionerlik jamiyati butunlay yangilangan Chevrolet Malibu bizness-toifa sedanini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida ma`lum qilindi.

Yangi avlod sedani yanada tejamkor va texnologik jihatlarga boyitildi. Bundan tashqari undagi xavfsizlik va qulaylik ko’rsatkichlari oshirildi. Avtomobillarni SKD texnologiyasi bo’yicha yig’ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.

Yangi model avvalgisidan eksterer va interer jihozlari bilan tubdan farq qiladi. Shuningdek undagi elektron tizimlar ergonomika va funksionalligi yaxshilangan.

aaaqqsszzxxaszxxaxa1

Chevrolet Malibu yangi avlodi O’zbekiston bozorida to’rt xil rangda ishlab chiqariladi (oq marvarid, oq tutun, to’q kulrang va qora).

Manbaga ko’ra, yangi avtomobilni yetkazish muddati uch oydan oshmaydi.

 

 

>>>

Ravon brendi Rossiya avtomobil bozorida top-25 talikka kirdi

aaa397985d5bcd032ca8000c2b71b873    Rossiya avtomobil bozori 2017 yil yanvar oyi yakunlariga ko’ra 5 foizga qisqardi. Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi tomonidan e`lon qilingan hisobotda shu haqda so’z yuritilgan. Unga ko’ra, o’tgan oyda Rossiyada yengil va yengil tijorat avtomobillarini sotish hajmi pasaygan.
  Shu bilan birga, hujjatda ta`kidlanishicha, Rossiyada sotilgan eng ko’p 10 modelning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridir. Shunday qilib, 2017 yil yanvar oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan avtomobil savdosi 5 foizga yoki 4 078 donaga pasaygan va jami 77 916 avtomobil sotilgan.
  Bunda O’zbekistonning Ravon brendi 2017 yil yanvar oyida Rossiyada 445 dona avtomobil sotish bilan top-25talikdan joy olgan. Ammo, uning birorta modeli, alohida modellar orasida top-25talikdan o’rin olmagan.

>>>

Xorazm avtomobil zavodida takomillashgan Chevrolet Labo ishlab chiqariladi

damas_labo 2017 yil sentabr oyidan O’zbekistonning Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida Chevrolet Labo avtomobilining takomillashtirilgan modelini ishlab chiqish yo’lga qo’yiladi.
Bu haqda, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati faollari bilan Urganch shahrida o’tkazgan uchrashuvida ma`lum qildi. Biroq, Davlat rahbari mazkur loyihaning tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Ma`lumki, GM Uzbekistan qo’shma korxonasi 2015 yil 27 iyulidan «Xorazm Avto» korxonasida Chevrolet Labo avtomobillarini seriyali ishlab chiqishni yo’lga qo’ygan edi. 550 kggacha yuk ko’tara oladigan mini-yuk mashinasini ishlab chiqish O’zbekistonning 2015 yilga mo’jallangan Investitsiya dasturi doirasida o’zlashtirilgan edi. Loyihaning umumiy qiymati 5,9 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Zavodda yiliga 5 ming dona Labo ishlab chiqarilishi mumkin.

>>>