“UzAuto Motors” AJ Tbilisida Chevrolet brendi ostida yangi dilerlik markazini ochdi

Gruziyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillarining rasmiy sotuvlari boshlandi. Tbilisi shahridagi yangi dilerlik markazi “UzAuto Motors” AJ mahsulotlarining jahon avtomobil bozoridagi o‘rnini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
“UzAuto Motors” AJ Gruziyadagi rasmiy dileri “Strada Motors” MChJ bo‘lib, u Chevrolet avtomobillarini sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etadi. Mijozlarga zamonaviy uslub, ishonchlilik va qulay boshqarish sifatlarini o‘zida mujassam etgan talabgir avtomobil modellarini taklif etadi.
MOʻGʻULISTONDA BIRINCHI CHEVROLET DILERLIK MARKAZI OCHILDI

Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar qatorini taqdim etuvchi Chevrolet’ning birinchi rasmiy dilerlik markazi ochildi. Markazning ochilish marosimida “UzAuto Motors” AJ vakillari bilan birgalikda hokimiyat mas’ul vakillari, shaharning yetakchi tadbirkorlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Moʻgʻuliston milliy an’analarini oʻzida aks ettirgan tadbirda AQSH va Oʻzbekistonning Moʻgʻulistondagi Favqulodda va Muxtor elchilari mehmon sifatida tashrif buyurib, ushbu tadbirning xalqaro miqyosdagi ahamiyati haqida toʻxtalishdi.
SO‘NGGI CHEVROLET LACETTI AVTOMOBILI ISHLAB CHIQARILDI!

Bugun UzAuto Motors Asaka zavodi konveyeridan 487 104 chi Chevrolet Lacetti ishlab chiqarildi. U tarixda so‘nggi Lacetti (Gentra) bo‘lib muhrlandi.
2013-yildan ishlab chiqarilishi boshlangan Chevrolet Lacetti ilk yillarda 11 222 dona ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2023-yilda bu koʻrsatkich 89 565 donaga yetdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari Qirg‘iziston Respublikasida Chevrolet modelidagi avtomobillar hamda «SamAuto» tijorat texnikalari ishlab chiqarilishiga start berdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi doirasida Qirg‘izistonning Oq-Suu shahrida joylashgan yengil avtomobillar va tijorat texnikasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “TULPAR MOTORS” MChJ zavodini tantanali ravishda ishga tushirdilar.
“BYD Uzbekistan Factory” mahsulot turlarini kengaytirmoqda va yangi avtomobil modellari uchun sertifikat sinovlarini o‘tkazmoqda

Aholi barcha qatlamlarining talablarini bajarish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish strategiyasi doirasida “BYD Uzbekistan Factory” zavodi Xitoy hamkorlari bilan BYD avtomobilining yangi modellarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Ishlab chiqarish uchun ko‘zda tutilgan modellar orasida BYD Seagull va E2 bo‘lib, hamkorlar tomonidan ularning birinchi namunalari sinov laboratoriyalarida tekshirilmoqda.












