Prezident dunyo avtomobil’ bozorida yetakchi bo‘lgan BYD bilan hamkorlikni rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” zavodida yangi energiya manbalarda xakrakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning natijalari haqida hisobot bilan tanishdi. AO “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulov mazkur yirik investision loyihani kengaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan vazifalar va kelgusi rejalar to‘g‘risida axborot berdi.
TALABALAR UCHUN UZAUTO MOTORS ZAVODIGA PRESS TUR TASHKIL ETILDI

Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni integratsiya qilish va ishlab chiqarish korxonalari bilan amaliyotda tanishtirish maqsadida joriy yilning 27-28 iyun sanalarida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, Inha va Amity Universiteti talabalari UzAuto Motors Asaka avtomobil zavodi va tizim korxonalariga taklif etildi.
UzAuto: Sanoatdagi noyob quyuv zavodi “KOVA Foundry” ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichiga o‘tdi

Andijon viloyatida “O’zavtosanoat”AJ tarkibiga kiruvchi “KOVA Foundry” (“Auto Spring Components” MChJ) zavodida “Zamonaviy quyuv tsexi” loyihasining 2-bosqichi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
Loyiha doirasida zavodda eng zamonaviy xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va yiliga qariyb 30 million dollarlik import mahsulot o‘rnini bosadigan cho‘yan qismlar ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalardan foydalanildi.
UZAUTO MOTORS ZAVODIGA AQSHNING O‘ZBEKISTONDAGI ELCHISI JONATAN HENIK TASHRIF BUYURDI

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik Andijon viloyatiga tashrifi davomida mamlakatning eng yirik korxonalaridan biri boʻlgan UzAuto Motors’ning Asaka avtozavodida bo‘lib, Chevrolet avtomobillari ishlab chiqarilishining butun siklini ko‘rish orqali mamlakatning avtomobilsozlik sanoati bilan bevosita tanishdi.
“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan Kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yarmarka tashkil etildi.

“O‘zavtosanoat” AJ sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda etakchi sohalardan bo‘lib, barcha yo‘nalishlarda boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, importni qisqartirish hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish darajasi oshirish maqsadida Andijon viloyatidagi “Sanoat XABI” maxsus sanoat zonasida ko‘rgazma hamda biznes uchrashuv tashkil etildi.












