GM Uzbekistan gaz ballonli Lacetti ishlab chiqara boshlaganini e’lon qildi
GM Uzbekistan «Lacetti» modelining siqilgan gazda ishlovchi gaz ballonli qurilmaga ega versiyasini «GM Uzbekistan» OAJ zavodida seriya tarzida ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar beriladi kompaniyaning Facebook dagi sahifasida.
Reyting: O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016 yilda o‘sish sur’ati bo‘yicha yettinchi o‘rinda
Focus Economics konsalting kompaniyasi joriy yilda mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti o‘sishi borasidagi o‘z reytingini taqdim etdi. O‘zbekiston bu ro‘yxatda yettinchi o‘rinni egallagan.
Тahlilchilar birinchi o‘ringa Тurkmaniston yalpi ichki mahsuloti o‘sish darajasini (8,8 %) qo‘yishdi. Keyingi o‘rinni Efiopiya egallagan (8,1 %). Uchinchi o‘rinda esa Myanma (7,9 %).
Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Aziz vatandoshlarim!
Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida toʻplanib oʻtirgan siz, hurmatli yurtdoshlarimni, butun Oʻzbekiston xalqini yangi – 2016 yil bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilashni oʻzim uchun katta baxt, deb bilaman.
Islom Karimov: 2016 yil “Sogʻlom ona va sogʻlom bola yili” boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23-yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilni “Sogʻlom ona va sogʻlom bola yili” deb e’lon qildi.
Yil yakunlari boʻyicha kelgusi yilga muayyan sohadagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish va kelgusi yilga shunga muvofiq nom berish an’anasi 1997 yildan boshlangan.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
2015 YIL 5 DEKABR SHANBA DAM OLISH KUNINI 2015 YIL 7 DEKABR DUSHANBA KUNIGA KOʻCHIRISH TOʻGʻRISIDA(«Хalq soʻzi» gazetasi, 24.11.2015 y., 226 (6409)-son)















