Prezident Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri «AgroTech Klaster»ning faoliyati va mahsulotlari bilan tanishdi

“AgroTech Klaster” Oʼzbekiston Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Mashinasozlikdagi 5 ta korxona quvvatlari maqbullashtirilib, Chirchiq qishloq xoʼjaligi texnikasi zavodi negizida toʼliq siklli klaster tizimi yoʼlga qoʼyildi. Buning uchun qariyb 38 ming kvadrat metr yangi inshootlar qurilib, 35 ming kvadrat metrdan ziyod mavjud binolar taʼmirlandi.

>>>

“UzAuto Motors Powertrain” CSS-Prime yangi avlod dvigateli “Machining head” va “Silindr bloklari” liniyalarini ishga tushirdi

4-iyul kuni  “O’zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi “UzAuto Motors Powertarin” zavodida O’zbekiston avtomobilsozlik sanoatida muhim voqelik – Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishda foydalaniluvchi CSS-Prime yangi avlod dvigatellarining “Machining head” va “Silindr bloklari” liniyalarini tantanali tarzda ishga tushirdi. Mazkur liniyaning ishga tushirilishi korxona rivojlanishini yangi bosqichga ko’tarilishi hamda “Power To Drive” shiori ostida faoliyat yuritishiga turtki bo’ldi.

>>>

UzAuto BYD Auto bilan birgalikda O’zbekistonda gibrid avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha “BYD Uzbekistan Factory” zavodini quradi

2023 yil 19 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “BYD Uzbekistan Factory”muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishiga start berdi. 

>>>

UZAUTO MOTORS CHEVROLET TRACKER VA ONIX MODELLARINING KOMPLEKTATSIYALARI QATORINI TOʻLDIRADI

<br />
                          Yangiliklar</p>
<p>

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning navbatdagi ikkinchi bosqichiga o‘tmoqda. Kompaniya yaqin fursatlarda ushbu avtomobillarning yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalarini ishlab chiqarishni boshlaydi.

>>>

Yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuv: UzAuto alyuminiy qismlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda

1 mart kuni Berlinda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi “O’zavtosanoat” AJ vakillaridan iborat delegatsiya ishtirokida Germaniya-O’zbekiston ilk biznes forumi tashkil etildi. Forum doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov hamda KS HUAYU AluTech Group (Germaniya/XXR) vakillari o’rtasida O‘zbekistonda alyuminiy dvigatel qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

>>>