4 000 000 AVTOMOBIL – YANGI MARRA ZABT ETILDI!

Bugun, 5 noyabr kuni UzAuto Motors jamoasi uchun alohida o’zgacha kun bo’lib muxrlandi. Zavod konveyeridan to’rt millioninchi avtomobil chiqdi.
Ushbu avtomobil Asaka avtozavodida joriy yilning iyul oyidan ishlab chiqarilishi boshlangan mahalliy krossover Chevrolet Tracker bo’lganligi ramziy ma’noga ega.
UZAUTO QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASINI ISHLAB CHIQARUVCHI DUNYODAGI ENG YIRIK KOMPANIYA JOHN DEERE BILAN HAMKORLIK TO‘G‘RISIDAGI BITIMNI IMZOLADI

Joriy yilning 31 oktyabr sanasida Valdorf (Germaniya) shahrida UzAuto va dunyodagi eng yirik qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi John Deere Walldorf GmbH & Co shu’ba korxonasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. U qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasidagi ilg‘or bilimlar, tajriba va nou-xauga ega.
GENERAL MOTORS INTERNATIONAL PREZIDENTI SHILPAN AMIN ASAKADAGI UZAUTO MOTORS ZAVODIGA TASHRIF BUYURDI

General Motors International kompaniyasi prezidenti Shilpan Amin boshchiligidagi delegatsiya Asakadagi UzAuto Motors zavodiga tashrif buyurdi. UzAuto kompaniyasining General Motors bilan ko‘p yillik hamkorligi rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi – General Motors rahbariyati bilan UzAuto Motors kelajagi uchun muhim bo‘lgan strategik kelishuvlar muhokama qilindi, natijada hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi.
“БУНИ ҚАНЧА ТЕЗ ҚИЛСАК, АВТОМОБИЛ БОЗОРИДА РАҚОБАТ ПАЙДО БЎЛАДИ” – ПРЕЗИДЕНТ

Президент Шавкат Мирзиёев 10 октябрь куни электромобил тармоғини ривожлантириш ва хизмат кўрсатиш қамровини оширишга қаратилган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
Мамлакатимизнинг 2022-2026 йилларга мўлжалланган Тараққиёт стратегиясида “яшил иқтисодиёт”га ўтиш, жумладан, электромобиллар ишлаб чиқариш бўйича ҳам мақсадлар белгиланган. Шу йил 14 февралда ўтган йиғилишда давлатимиз раҳбари бу ҳақда аниқ кўрсатмалар берган эди.
ENDI SHAHRIMIZ KO’CHALARIDA O’ZIMIZNING CHEVROLET TRACKER

“UzAuto Motors” AJ zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni o’zida mujassam etgan ixcham krossover Chevrolet Tracker avtomobilini yetkazib berishni boshladi.
5 sentabr kuni eng ilg’or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan Chevrolet Tracker modelining egalariga avtomobilning kalitlari topshirildi.












