UZAUTO OZARBAYJON BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

2022 yilning 26 avgustida Ozarbayjonning Boku shahrida “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov, Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Somed Basherli hamda “GM International” global xaridlar va ta’minot zanjiri vitse-prezidenti Jonni Soldana oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
UZAUTO O’ZBEKISTONDA BYD AVTOMOBILLARINI ISHLAB CHIQARISHNI YO’LGA QO’YMOQDA

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo’mitaning 6-yig’ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasining siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi Guo Shengkun hamraisligida umumiy qiymati 1 mlrd. dollarga teng 100 dan ziyod muhim hujjatlarni imzolash to’g’risida kelishuvga erishildi.
JIZZAX AUTO YANGI VOLKSWAGEN CADDY V ISHLAB CHIQARISHNI BOSHLADI

Tez tibbiy yordamning ambulatorli avtomobili Volkswagen Caddy – O’zbekiston tibbiyot xodimlari tomonidan yuqori baholandi. Ishonchli jihozlar, keng va qulay interyer, shuningdek, avtomobilning bir maromda harakatlanishi bularning barchasi Caddy tez tibbiy yordamning ambulatorli avtomobilida mujassam. Volkswagen Caddy V avtomobillarining yangi avlodi yanada zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, yangi xalqaro talablar asosida ishlab chiqarilgan. Salon, avvalgidek, bemor va tibbiyot xodimlarini qulay joylashish imkonini beradi.
HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI
2022-yil 5-avgust kuni Janubiy Koreaning avtomobil sanoati etakchi kolleji Ajou Motor prezidenti janob Soohun Lee boshchiligidagi delegatsiya TTPUga tashrif buyurib, ilmiy ishlarni rivojlantirish maqsadida turli hil innovatsion loyihalar ustida hamkorlikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitetning axborot resurs markazi, texnopark, mexatronika markazlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif yakuni bo’yicha tomonlar o’rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ma’lumot uchun: Koreyaning Daewoo kompaniyasi tashabbusi bilan ochilgan Ajou motor kolleji Janubiy Koreya avtomobil sanoating rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu ta’lim muassasi Janubiy Koreyaning avtomobil sanoati rivojlangan markazida bo‘lib, Hundai, GM Korea va Kia Motors avtomobil kompaniyalariga mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.













