“UZAUTO MOTORS” KOMPANIYASI PREZIDENT TOPSHIRIG’INI BAJARDI VA YANGI ISHLAB CHIQARISH REKORDINI O’RNATDI.

“UzAuto Motors” kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’ini bajarib, 2022-yilning birinchi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil ishlab chiqardi.
Kompaniya o’z faoliyatini boshlaganidan buyon, birinchi marta birinchi yarim yillikda zavodda 160 000 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shunday qilib, korxona mehnat jamoasi nafaqat Prezident topshirig’ini bajaribgina qolmay, balki ishlab chiqarishning yangi rekordini o’rnatdi.
FRANSUZ AVTOMOBILLARI “UZCHASYS” O’ZBEK FARALARI BILAN JIHOZLANADI

“O‘zavtosanoat” AJ tuzilmaviy korxonasi Namanganda avtomobil faralarini ishlab chiqaruvchi “UzChasys” kompaniyasi Fransiyaning Stellantis kompaniyasiga qarashli Peugeot Partner avtomobillariga faralar yetkazib berishni boshladi.
Shunday qilib, kompaniya o’z mahsulotlarini yetkazib berish geografiyasini endilikda Fransiya bilan kengaytirdi. Kuni kecha 23-iyun kuni avtomobil faralarining birinchi partiyasi Fransiyaga yuborildi.
2022 YILNING BESH OYIDA “UZAUTO MOTORS” AJ O’TGAN YILNING SHU DAVRIGA NISBATAN 47% KO’PROQ AVTOMOBIL ISHLAB CHIQARDI.

2022-yilning yanvar-may oylari davomida «UzAuto Motors» zavodida 126 246 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu ko’rsatkich 2021-yilga qaraganda 47%ga ko’proq. Shunday qilib, o’tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o’sishi 40 452 dona avtomobilni tashkil etadi.
CHEVROLET COBALT QOZOG’ISTONDA ETAKCHILIK QILADI
Qozog’iston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi (QABA) ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yilning may oyida Hyundai va Kia rusumlarini ortda qoldirib, Qozog’istondagi yengil avtomobillar beshligining brendlari orasida aynan Chevrolet yetakchilik qilib kelmoqda.
Qozog’istondagi ommabop avtomobillar 10 taligiga avvalgidek Chevrolet Cobalt yetakchilik qilmoqda. Qozog’iston avtomobil bozori keng tanlovga ega bo’lishiga qaramay, Chevrolet avtomobillari qozog’istonliklar orasida o’z mashhurligini saqlab kelmoqda. Aytish joizki, Qozog’istonda sotilayotgan deyarli har uchinchi yangi avtomobil Chevrolet avtomobilidir.
“UZAUTO MOTORS” AJ AKSIYALARINING MAHALLIY VA XORIJIY FOND BOZORLARIDA BIRLAMCHI OMMAVIY TAKLIF ORQALI JOYLASHTIRILISHINI (IPO) TASHKILLASHTIRISH UCHUN ANDERRAYTERLAR KONSORSIUMI TENDER ASOSIDA TANLAB OLINDI.

Ma’lumki, joriy yilning 9-mart sanasida “UzAuto Motors” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son hamda 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmonlariga muvofiq kompaniya aksiyalarining mahalliy va xorijiy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklif orqali joylashtirilishini (IPO) tashkillashtirish uchun anderrayterlar konsorsiumini tanlash bo‘yicha rasmiy tender e’lon qilingan edi.












