2016 yilning fevral oyidan boshlab “JV MAN Auto-Uzbekistan” qoʻshma korxonasi past polli “MAN A22” shahar avtobuslarini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshlaydi. Uni ishlab chiqarish tayyor shassiga kuzovni yigʻish tamoyili asosida amalga oshiriladi. Kompaniya vakili Oybek Ayupov “Uzbekistan Today” axborot agentligiga shu haqda maʻlum qildi.
Uning aytishicha, ayni paytda avtobusning birinchi namunasi ishlab chiqarildi. Uni sinovdan oʻtkazish uchun “Тoshshahartransxizmat” Aksiyadorlik kompaniyasiga topshirildi. Mazkur jamoat transporti 90 nafar yoʻlovchini tashishga moʻljallangan. Dastlabki ikki yilda 50 taga yaqin avtobusni ishlab chiqarish koʻzda tutilmoqda.
“Biz avtobus uchun toʻrtta bosqichdan iborat mahalliylashtirish dasturini tayyorladik, – dedi Oybek Ayupov. – Birinchi bosqich avtobusning oʻzini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishdan iborat boʻlsa, yakuniy bosqich 2018-2020 yillarga moʻljallanmoqda. Bu paytga kelib zavodda kuzovning alyumin profillarini ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi.
www.ut.uz