Author Archives: root
Fitch: Oʻzbekiston bank sektori – prognoz barqaror
Fitch Ratings agentligi yangi hisobot e’lon qildi, unda Oʻzbekiston bank sektori boʻyicha prognoz barqarorligicha qolishi va kuchli davlat investitsiyalari bilan qoʻllab-quvvatlanayotgani, avvalgidek, xizmatlari mamlakatda yuqori darajada foydalanilayotgani qayd etiladi. Biroq xom ashyo tovarlarining, avvalo, neft va paxtaning narhi ancha pastligi, MDHdagi savdo sheriklarining sustlashuvi va Rossiyadan pul oʻtkazishning pasayishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bosim oʻtkazishi mumkin.
Тoshkentdagi Хalqaro investitsiya forumida $12,4 milliard dollarlik bitimlar imzolandi
2016 yildan Samarqand viloyatida MAN avtobuslari ishlab chiqarila boshlanadi
2016 yilning fevral oyidan boshlab “JV MAN Auto-Uzbekistan” qoʻshma korxonasi past polli “MAN A22” shahar avtobuslarini seriyali tarzda ishlab chiqarishni boshlaydi. Uni ishlab chiqarish tayyor shassiga kuzovni yigʻish tamoyili asosida amalga oshiriladi. Kompaniya vakili Oybek Ayupov “Uzbekistan Today” axborot agentligiga shu haqda maʻlum qildi.
Тoshkentda Хalqaro sanoat yarmarkasi ochildi
IX Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida 2000 dan oshiq korxona ishtirok etmoqda.
«Oʻzekspomarkaz» koʻrgazma maydonlarida IX Хalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida 2 mingdan ziyod firma va kompaniya, yirik sanoat korxonalari 21 ming turdan ortiq mahalliylashtirilgan yoki oʻzlashtirish uchun taklif etilayotgan mahsulotlarni namoyish qilmoqda, deb xabar qiladi OʻzA.
Joriy yilning 9 oyida Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti 8 foizga oʻsdi
2015 yil 19 oktabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan shu yil 16 yanvarda respublika Ҳukumatining majlisida belgilab berilgan 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yoʻnalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilishga bagʻishlangan majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi.














